BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING O'QUV JARAYONIDAGI PSIXOLOGIK TO'SIQLARNI BARTARAF ETISH YO'LLARI

Authors

  • Surayyo Shuhratjon qizi Xoliqova Tashkent Perfect University

Keywords:

tafakkur, xulq-atvor, dunyoqarash, xotira, hissiy va ijtimoiy rivojlanish, individuallik, kreativlik, pedagagik mahorat, psixologik madaniyat, empatiya, muloqot, rag‘batlantirish va motivatsiya, interfaol metod

Abstract

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari shaxs rivojlanishining eng muhim davrida turib, ularning psixologik, aqliy, ijtimoiy va hissiy o‘sish jarayonlari o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. Ushbu davrda bola dunyoqarashi, tafakkur doirasi, xulq-atvori va o‘qishga bo‘lgan munosabati shakllana boshlaydi. Shu sababli, boshlang‘ich ta’lim jarayonini samarali tashkil etish o‘qituvchidan chuqur psixologik bilim, pedagogik mahorat va individual yondashuvni talab etadi. Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yoshga xos psixologik xususiyatlari —tafakkur, xotira, e’tibor, hissiyot va motivatsiya jarayonlari tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘quvchilarning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishida o‘qituvchining roli, dars jarayonida psixologik muhitni to‘g‘ri shakllantirishning ta’siri, hamda ta’lim samaradorligini oshirishda individual va interfaol metodlarning ahamiyati yoritiladi.

Downloads

Published

2026-10-07

How to Cite

Xoliqova, S. S. qizi. (2026). BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING O’QUV JARAYONIDAGI PSIXOLOGIK TO’SIQLARNI BARTARAF ETISH YO’LLARI. International Bulletin of Engineering and Technology, 6(10), 17–21. Retrieved from https://internationalbulletins.com/intjour/index.php/ibet/article/view/2467

Issue

Section

Articles