BOLA TA’LIMI VA RIVOJLANISHIDA TARBIYACHINING PEDAGOGIK FAOLIYATGA INNOVATSION YONDASHUV
Keywords:
innovatsion yondashuv, maktabgacha ta’lim, tarbiyachi faoliyati, bola rivojlanishi, pedagogik texnologiyalar, rivojlantiruvchi muhit, interfaol metodlar, kreativ pedagogika.Abstract
Ushbu maqolada bola ta’limi va rivojlanish jarayonida tarbiyachining innovatsion yondashuvi qanday ahamiyat kasb etishi ilmiy asosda yoritilgan. Maktabgacha ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik jarayonning markazida bola shaxsini har tomonlama rivojlantirish, uning qobiliyatlari, ijtimoiy-emotsional holati, muloqot ko‘nikmalari va mustaqil fikrlashini qo‘llab-quvvatlash turadi. Shu nuqtai nazardan, tarbiyachining yangicha metodlardan foydalanish malakasi ta’lim samaradorligini oshiruvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Maqolada innovatsion pedagogik texnologiyalar o‘yin texnologiyalari, axborot-kommunikatsiya vositalari, interfaol mashg‘ulotlar, shuningdek, differensial va individual ta’lim strategiyalarining bolalar rivojlanishiga ta’siri tahlil qilingan. Tarbiyachining kreativligi, pedagogik refleksiya qobiliyati va doimiy yangilik izlashga tayyorligi bolaning ta’lim sifati va psixologik rivojlanishining barqarorligini ta’minlaydi.Shuningdek, maqolada tarbiyachining kasbiy kompetensiyasini oshirish, innovatsion metodikalarni amaliyotga joriy etishning samarali yo‘llari, ilmiy-metodik ta’minot, ota-onalar bilan hamkorlik va rivojlantiruvchi muhit yaratishning ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Innovatsion yondashuv orqali bolalarda mustaqil o‘rganish motivatsiyasi, ijodkorlik, tashabbuskorlik, axloqiy-irodaviy sifatlar va muammolarni hal qilish ko‘nikmalari shakllanishi alohida qayd etiladi.Tarbiyachining innovatsion pedagogik faoliyati bola shaxsining to‘laqonli rivojlangan, ijtimoiy faol, zamonaviy fikrlaydigan avlod sifatida shakllanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu maqola maktabgacha ta’lim mutaxassislari, pedagoglar, tarbiyachilar va ilmiy tadqiqotchilar uchun amaliy va nazariy ahamiyatga ega.
References
“2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-son qarori. 29.12.2016.
. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017- yil 19-iyuldagi «Maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 528- son Qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30- sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3305-son Qarori // www.lex.uz.
Erkaboyeva N,SH, Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisini tayyorlashga zamonaviy yondashuv, Maktabgacha ta‘lim sohasida ta‘lim samaradorligini oshirishning zamonaviy tendensiyalari respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari ADU 23-APREL, 2021.
Hamidova M va boshqalar. “Maktabgacha yoshdagi bolalarning kamolotida yangicha yondashuv va uni targ‘ib qilishda jamoatchilik ishtiroki” . T.:”O‘qituvchi”, 2014,
N.I.Saydullayeva. Bo‘lajak maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachi- larining kreativ kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari. -Т.: «Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi», 2022. 132 bet
