MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MAXSUS EHTIYOJLI BOLALARNI IJTIMOIYLASHTIRISH YO’LLARI
Keywords:
maxsus ehtiyojli bolalar, inklyuziv ta’lim, ijtimoiylashtirish jarayoni, maktabgacha ta’lim, psixologik-pedagogik yondashuv, ijtimoiy ko‘nikmalar, integratsiya, korreksion mashg‘ulotlar, rivojlantiruvchi muhit, differensial ta’lim, kommunikativ rivojlanish, hamkorlik, adaptatsiya jarayoni.Abstract
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maxsus ehtiyojli bolalarni ijtimoiylashtirish jarayoni, uning mazmuni va samarali yo‘llari ilmiy-nazariy hamda amaliy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Ijtimoiylashtirish jarayoni bolalarning jamiyatga moslashuvi, tengdoshlari bilan muloqotga kirishishi, mustaqil faoliyatni o‘zlashtirishi va ijobiy ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirishida muhim bosqich ekani yoritiladi. Maxsus ehtiyojli bolalarda bu jarayonning murakkabligi ularning individual rivojlanish xususiyatlari, sensor, nutqiy, jismoniy yoki psixologik cheklovlari bilan bog‘liqligi sababli har tomonlama qo‘llab-quvvatlash tizimini tashkil etish zarurligi asoslab beriladi.Maqolada inklyuziv ta’lim tamoyillari, psixolog-pedagogik yondashuvlar, differensial mashg‘ulotlarni tashkil etish, o‘yin texnologiyalaridan foydalanish, logopedik va korreksion mashg‘ulotlarni integratsiyalash kabi samarali metodlar yoritilgan. Shuningdek, tarbiyachi, psixolog, defektolog, ota-ona hamda ijtimoiy hamkorlarning o‘zaro aloqasi bolalarning ijtimoiylashuv darajasini oshirishdagi asosiy omillardan biri sifatida ko‘rsatiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maxsus ehtiyojli bolalarni qo‘llab-quvvatlash muhiti — moslashtirilgan o‘quv materiali, rivojlantiruvchi muhit, individual reja va ijobiy psixologik atmosfera bilan ta’minlanishi zarurligi ta’kidlanadi.
References
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni. https://lex.uz/docs/3107036
O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2017 yil 1 dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5270-sonli Farmoni. https://www.lex.uz/acts/3436192
Amirsaidova SH.M. “Maxsus pedagogika fani taraqqiyotida sharq mutafakkiri g‘oyalarining o‘rni va roli” . Ped. fan. nom... diss. – T., 2006.
Nurmuhamedova L.SH. Nogiron bolalarning huquqiy asosalari va ilmiy-nazariy masalalari. Defektolog kadrlarni tayyorlash jarayoniga innovatsion ta’lim texnologiyalarini tadbiq etish: muammolar va istiqbollar.-T.,2014
D.S.Qaxarova ―Inklyuziv ta‘lim texnologiyasi‖ Toshkent. 2014
F.U.QODIROVA, D.A.PULATOVA Inklyuziv ta’lim: nazariya va metodika.Chirchiq 2022
